ASKUE dasturiy ta’minoti yetkazib beruvchisini tanlash bo‘yicha e’lon.
“UAT” MChJ avtomatlashtirilgan elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olish tizimi (ASKUE) uchun dasturiy ta’minot yetkazib beruvchisini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi – ushbu e’longa ilova qilingan Texnik topshiriq (TT) talablariga muvofiq dasturiy ta’minotni yetkazib berish va joriy etish uchun yetkazib beruvchini aniqlash.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
• ASKUE tizimlarini joriy etish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
• Malakali mutaxassislarga ega bo‘lish;
• Taklif etilayotgan dasturiy ta’minotni yetkazib berish va texnik qo‘llab-quvvatlash huquqiga ega bo‘lish;
• Kafolat majburiyatlari va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etish.
Tijorat taklifi tarkibida quyidagilar taqdim etilishi lozim:
• Narx taklifi;
• Yetkazib berish va joriy etish muddatlari;
• Litsenziyalash shartlari;
• Texnik qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish shartlari;
• Kompaniya haqida ma’lumot va amalga oshirilgan loyihalar ro‘yxati;
• Mas’ul shaxsning aloqa ma’lumotlari.
Takliflarni baholash mezonlari:
• Texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
• Narx;
• Amalga oshirish muddatlari;
• Yetkazib beruvchining tajribasi va ishbilarmonlik obro‘si;
• Qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish shartlari.
Tijorat takliflari 27.02.2026 yilga qadar qabul qilinadi.
✉ Email:
“UAT” MChJ direktori Ibragimov Farhod Ismailovich nomiga
Kontakt uchun:
📞 Telefon: 93 508 66 21 – Nodirjon
📞 Telefon: 99 790 59 95 – Damir
English
Русский
O'zbek