Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

Bo'sh ish o'rinlari

Uzbekistan Airways Technics

Agar siz murakkab muammolarni hal qilishga, bir jamoada ishlashga va aviatsiya sohasida o'z professionalligingizni rivojlantirishga tayyor bo'lgan malakali mutaxassis bo'lsangiz, havo qatnovi xavfsizligi va havo transporti ishonchliligini ta'minlash bo'yicha ishlaydigan bizning professionallar jamoamizga qo'shiling. Biz bilan siz o'z salohiyatingizni ochib, aviatsiya sohasida martaba qurishingiz mumkin.

Image
  Anketa-ariza (yuklab olish)  Yoki QR kodini skanerlang

 

Iltimos, to'ldirilgan rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: hr.uat@uzairways.com

"Aviatsiya mexanigi" lavozimi uchun suhbat savollari ro'yxati 1-blok (yuklab olish)
  2-blok (yuklab olish)

                                                                                                                                                     

"Nazorat-o'tish punkt nazoratchisi" va "Harbiylashgan otryad (HO) jangchisi" lavozimlari uchun suhbat savollari ro'yxati Savollar (yuklab olish)
   

                                                                                                                                                     

Hurmatli nomzodlar!
“Uzbekistan Airways Technics” MChJda vakant lavozimlar – “Aviamexanik” bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralash bosqichida faqat nomzodlar tomonidan taqdim etilgan rezyume asosida ko‘rib chiqiladi. Ba’zi nomzodlar rezyume o‘rniga ma’lumotnoma yoki anketa taqdim etib, noto‘g‘ri ravishda ularni rezyume deb hisoblashadi. Afsuski, na ma’lumotnoma, na anketa (ayrim lavozimlar uchun maxsus anketa shakllari bundan mustasno) kadrlar bo‘limi yoki boshqa mutaxassislar uchun nomzodning vakant lavozim talablari bo‘yicha malakasini baholash imkonini bermaydi. Shu sababli ishga kirish bo‘yicha dastlabki murojaatda faqat rezyume taqdim etishni tavsiya qilamiz.
Rezyumeni to‘ldirishda quyidagi tavsiyalarga e’tibor berishingizni so‘raymiz:


1.    “Uzbekistan Airways Technics” MChJ rezyume shaklini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: rezyume namunasi.


2.    Rezyumeni to‘ldirishdan oldin bo‘sh shakl bilan tanishing: qaysi bo‘limlarni to‘ldirishingiz kerak, ko‘rsatmalar va maslahatlar mavjudligi, qaysi hujjatlarni oldindan tayyorlash zarurligi.


3.    Rezyumeni faqat kompyuter yoki noutbukda matn muharriri (Microsoft Word) orqali to‘ldiring, qo‘l bilan yozmang. Tayyor rezyumeni *.doc(x) yoki *.pdf formatida saqlang.


4.    Qisqartmalardan foydalanmang! Umumqabul qilingan qisqartmalarni hisobga olmaganda, ko‘plab “maxsus” qisqartmalar faqat nomzodga ma’lum bo‘lishi mumkin. Bunday qisqartmalar kadrlar bo‘limi yoki boshqa mutaxassislar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinishi ehtimoli mavjud.


5.    Rezyumeda faqat haqiqiy va to‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsating. Keltirilgan ma’lumotlar tekshiriladi, tahlil qilinadi va zarur bo‘lganda tasdiqlanadi. Noto‘g‘ri ma’lumot aniqlansa, nomzodning ishonchliligi yo‘qoladi va u bilan ishga qabul jarayoni to‘xtatiladi.


6.    Shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘ri ko‘rsating: F.I.O. (pasport yoki ID karta bo‘yicha), tug‘ilgan sana va joyi, jinsi, yoshi, oilaviy holati, fuqaroligi, millati, telefon raqami, elektron pochta manzili, ixtiyoriy – yashash va ro‘yxatga olingan manzil. (pasport yoki ID karta *.jpg yoki *.pdf formatida)


7.    Istalgan lavozim va maoshni ko‘rsating: qaysi lavozimga da’vogar ekanligingiz, oylik maosh talabi, ish shakli, ish grafigi va rejimi.


8.    Ta’limingizni ko‘rsating: qaysi o‘quv muassasasida o‘qiganingiz, shahar va davlat, o‘qish davri (dd.mm.yyyy formatida), olgan mutaxassisligingiz, o‘qish darajasi (bakalavriat, magistratura, mutaxassislik), o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy va h.k.). (diplom va baholar varaqasi *.jpg yoki *.pdf)


9.    Ish tajribangizni ko‘rsating: ish daftarchangizga tayangan holda, xotira bo‘yicha yozmang. Tajribani avvalgisidan keyingisiga qarab tartib bilan yozing. Ish tajribasi bo‘lmasa, “Ish tajribam yo‘q” deb yozing. Norasmiy ishlagan bo‘lsangiz, tashkilot nomidan keyin “Norasmiy” deb ko‘rsating. Tashkilot nomi, shahar, davlat, ish davri, faoliyat turi, bo‘limlar, lavozimlar, vazifalar va erishilgan yutuqlarni ko‘rsating. (ish daftarchasi *.jpg yoki *.pdf)


10.    Qo‘shimcha ta’lim (kurslar, treninglar, malaka oshirish, stajirovka, qayta tayyorlash): o‘qigan muassasa, shahar, davlat, o‘qish davri, kurs yoki dastur nomi, olgan sertifikat/diplom. (*.jpg yoki *.pdf)


11.    Chet tillari bo‘yicha darajangiz: til nomi, o‘qish, tushunish, so‘zlashish, yozish, CEFR darajasi (A1–C2). (sertifikat *.jpg yoki *.pdf)


12.    Shaxsiy sifatlar, ko‘nikmalar va hobbi: ixtiyoriy tarzda ijobiy va salbiy sifatlaringiz, asosiy ko‘nikmalaringiz, hobbi.


13.    Qo‘shimcha ma’lumotlar: ishning navbatchi rejimida bajarishga tayyorlik, safarlarga tayyorlik, haydovchilik guvohnomasi, toifasi va haydovchilik tajribasi, chet elga chiqish tajribasi, sud holati (sud/nesud ma’lumotnoma).


14.    O‘zingiz haqida qo‘shimcha xat yozishingiz mumkin: rezyume shaklida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar, yutuqlar, xarakter va boshqalar.


15.    Rezyumeni to‘ldirgach, grammatik va imlo xatolarini tekshirib, kadrlar bo‘limiga yuboring. Tayyor rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga jo‘nating: hr.uat@uzairways.com

Yuqorida qayd etilgan tavsiyalarga rioya qilinmasligi yoki zarur ma’lumotlarning taqdim etilmasligi nafaqat nomzod faoliyatini baholash imkonini bermaydi, balki jarayonni murakkablashtiradi va, ko‘pincha, ish beruvchining ushbu nomzodga “o‘z ishining ustasi” sifatida ishonch bildirmasligiga hamda u bilan keyingi hamkorlikka qiziqish bildirmasligiga olib keladi.
Hurmat bilan,
Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi MChJ «Uzbekistan Airways Technics».
Hurmatli nomzod! Quyidagi havola orqali Siz «Uzbekistan Airways Technics» MChJning rezyume namunasi bilan tanishib, uni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: hr.uat@uzairways.com

 

Kontaktlar

Manzil:
Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani,
Uchuvchilar MFY, Qum-Ariq ko’chasi, 2a-uy
 
Telefon:  +998 55 503 16 20
 
E-mail:    uat@uzairways.com
                office.uat@uzairways.com 
E-xat:      uat@exat.uz 
                uat2@exat.uz 
 
Ish vaqti:  Dushanba - juma 9.00 - 18.00

Xaritada

So'rov qoldiring: