Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

"Uzbekistan Airways Technics" MChJ hududidagi qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, perimetr qo‘riqlash signalizatsiyasi, videokuzatuv tizimi hamda perimetrning xavotir chaqiruv signalizatsiyasi tizimlariga yillik texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini monitoring qilish.

Xizmat ko‘rsatuvchi yetkazib beruvchiga qo‘yiladigan talablar:
- Ishtirok etish uchun mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar, shu jumladan kichik biznes subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar qatnashishi mumkin;
- Kamida 2 (ikki) yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi shart;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi mavjud bo‘lishi shart;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan berilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziya (yoki uni tasdiqlovchi hujjat) mavjud bo‘lishi shart;
- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan yong‘in signalizatsiyasi tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziya (yoki uni tasdiqlovchi hujjat) mavjud bo‘lishi shart;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan rejimli (toifalangan) obyektlarda ishlarni bajarish uchun berilgan ruxsatnomaga ega bo‘lishi shart;
- Ijrochi Buyurtmachining buyurtmanomasi kelib tushgan paytdan boshlab, aniqlangan nosozlik ta’mirlashga yaroqli bo‘lgan taqdirda, ish vaqtida 6 (olti) soat, ish vaqtidan tashqari vaqtda esa 12 (o‘n ikki) soat ichida barcha nosozliklarni bartaraf etishi shart;
- Ijrochi o‘z xodimlarini obyektga yetkazib berish, zarur materiallar va uskunalar bilan ta’minlash xarajatlarini mustaqil ravishda va o‘z hisobidan amalga oshiradi;
- Ijrochi xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalarni ta’mirlash va ishga yaroqli holatga keltirishni ta’minlash uchun omborida yetarli miqdorda ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar zaxirasiga ega bo‘lishi shart;
- Qo‘llaniladigan barcha uskunalar va foydalaniladigan materiallar sertifikatlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan bo‘lishi shart.
 
Quyidagi ishtirokchilar tanlovda qatnashishga qo‘yilmaydi:
- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj jarayonida bo‘lganlar;
- Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lganlar;
- Belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;
- Avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganlar;
- Vijdonsiz ijrochilarning Yagona reyestri ro‘yxatida turganlar.
 
Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
- Tashkilotning yuridik manzili;
- Telefon raqami;
- Narxlar QQSsiz yoki QQSni hisobga olgan holda (agar ishtirokchi ushbu soliq to‘lovchisi bo‘lsa);
- Ishlarni bajarish muddati;
- To‘lov shartlari;
- Quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinsin:
1. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan berilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziya (yoki uni tasdiqlovchi hujjat);
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan yong‘in signalizatsiyasi tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziya (yoki uni tasdiqlovchi hujjat);
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan rejimli (toifalangan) obyektlarda ishlarni bajarish uchun berilgan ruxsatnoma.
Tijorat taklifi qog'oz shaklida ham, elektron pochta orqali ham qabul qilinadi: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. ''UAT'' MChJ direktori Ibragimov F.I. nomiga yuborilgan takliflar 24.07.2026 yil soat 1700 gacha O'zbekiston, 100167, Toshkent, Uchuvchilar shaharchasi, ''UAT'' MChJ manzilida qabul qilinadi.
 
Texnik topshiriq yuzasidan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun «UAT» MChJ VPO boshlig‘i Isroilov Omon Rustamovichga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin: (90) 319-00-84.
 
Aloqa yuzlari:
1. TB mutahasisi Lelyuk Artyom Andreyevich, тел. (55)503-16-04, (90) 176-74-78;
2. TB boshlig‘i Nodirjon Zafarjonovich Saidvakqosov, tel. (93) 508-66-21.

 

 

Texnik xususiyatlar (yuklab olish)