Yangiliklar

Uzbekistan Airways Technics

      Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.     

Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

“Uzbekistan Airways Technics” MChJ 2025-yil 25-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan MRO Central Asia: Engines konferensiyasining bosh hamkori hisoblanadi.

2025-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahrida ATOCOMM tomonidan MRO Central Asia: Engines konferensiyasi tashkil etildi, unda “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ Bosh hamkor va homiy sifatida ishtirok etdi.
Bu mintaqadagi aviatsiya dvigatellarini texnik xizmat ko‘rsatish masalalariga to‘liq bag‘ishlangan ilk tadbirdir. Konferensiya MRO sohasida kompetensiyalarni rivojlantirishning Markaziy Osiyo uchun strategik ahamiyati ortib borayotganini yaqqol aks ettirdi.
Tadbirda 150 dan ortiq mutaxassislar qatnashdi. Dastur ekspert ma’ruzalari, strategik muhokamalar, texnik sharhlar hamda intensiv tarmoqlanish (netvorking) jarayonlarini o‘z ichiga oldi va yaqin yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ixtisoslashgan MRO tadbirlariga zamin yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Havo transporti boshqarmasi rahbari Jamoliddin Nazarov mintaqada tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan havo kemalari parki va Yevropa hamda Osiyo o‘rtasidagi yirik tranzit hamda texnik xabga aylanish borasidagi ambitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
∙ Burak Orkun Tuncher (GE Aerospace) yangi avlod dvigatellari texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish, xizmat muddati boshqaruvi va ishonchlilikni prognozlashga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.
∙ Demien Gitton (CFM International) LEAP dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatish ekotizimi hamda global qo‘llab-quvvatlash tizimining evolyutsiyasini taqdim etdi.
∙ Jeyson Satkliff (Rolls-Royce) operatorlarga individual xizmat va hayotiy siklni qo‘llab-quvvatlash yechimlarini taklif qiluvchi CareStore raqamli platformasini namoyish etdi.
∙ Laura Ivaskayte (Hanwha Aviation) kompaniyaning ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, dvigatel detallarini ta’mirlash va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish sohalaridagi integratsiyalashgan imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
∙ Arun Choteani (Lufthansa Technik) LEAP dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatishning kengayib borayotgan imkoniyatlari va ularning mintaqaviy operatorlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, raqamlashtirish, operatsiyalarni optimallashtirish va tartibga oid masalalar muhokama qilindi.
∙ Amir Emam (GE Aerospace) texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirishni yaxshilaydigan, dvigatelning to‘xtab qolishini qisqartiradigan va dvigatel holatini oldindan baholash imkonini beradigan raqamli vositalarni namoyish qildi.
∙ Rajiv Dandona (AIESL) murakkab MRO muhitida normativ talablarga rioya etish hamda muvofiqlik monitoringi bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha, «Uzbekistan Airways Technics» bilan hamkorlik forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishida muhim omil bo‘lgan.
 

 

 

Kontaktlar

Manzil:
Oʻzbekiston, Toshkent shahri, Sirg’ali tumani,
Uchuvchilar MFY, Qum-Ariq ko’chasi, 2a-uy
 
Telefon:  +998 55 503 16 20
 
E-mail:    uat@uzairways.com
                office.uat@uzairways.com 
E-xat:      uat@exat.uz 
                uat2@exat.uz 
 
Ish vaqti:  Dushanba - juma 9.00 - 18.00

Xaritada

So'rov qoldiring: