Yangiliklar
Uzbekistan Airways Technics
Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
“Uzbekistan Airways Technics” 2025-yil 1–2 dekabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MRO Central Asia: Kazakhstan konferensiyasida ishtirok etdi.
2025-yil 1–2 dekabr kunlari Ostona shahrida ATOCOMM tomonidan MRO Central Asia: Kazakhstan konferensiyasi tashkil etildi va unda “Uzbekistan Airways Technics” MChJ Bosh hamkor va homiy sifatida qatnashdi.
Mazkur tadbir aviatsiya sohasi vakillarini ikki kunlik muhokama, ekspertlar fikrlari almashinuvi va mintaqada texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va modernizatsiya kelajagi bo‘yicha amaliy muloqot uchun birlashtirdi. Ushbu, avvalgi tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida o‘tkazilgan konferensiyada aviakompaniyalar, TXK va ta’mirlash xizmatlari provayderlari, ishlab chiqaruvchilar, lizing kompaniyalari hamda yetkazib beruvchilardan iborat 200 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar qatnashdi.
Tadbir “Uzbekistan Airways Technics” MChJ imkoniyatlarini namoyish etuvchi videotaqdimot bilan boshlandi. Tadbir tashkilotchilari “UAT” Markaziy Osiyodagi yetakchi aviatsiya texnik xizmat va ta’mirlash xizmatlari provayderi ekanini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, tashkilotchilar tadbirni o‘tkazish imkoniyatini yaratgan hamkorlik uchun “UAT”ga minnatdorlik bildirdilar.