Yangiliklar
Uzbekistan Airways Technics
Sayt test rejimida. Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
Sayt test rejimida.
Ba'zi bo'limlar mavjud bo'lmasligi mumkin.
Mavi Gök Havacılık aviakompaniyasining B757-300 havo kemasi UAT bazasida texnik xizmatdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
2026-yil 1-mart kuni Mavi Gök Havacılık aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 757-300 MSN 29013, UR-SLB ro‘yxat raqamli havo kemasi “UAT” MChJ bazasiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilindi.
So‘nggi uch yil davomida aviakompaniya o‘z havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni “UAT” MChJ muhandis-texnik jamoasiga ishonib topshirib kelmoqda hamda kompaniyaning yuqori sifat darajasi, katta tajribasi va mutaxassislarining professional yondashuvini alohida e’tirof etmoqda.
Barcha texnik ishlar muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, 2026-yil 19-may kuni mazkur havo kemasi muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirib, buyurtmachiga topshirildi.
Buyurtmachi va uning vakillari “UAT” MChJ jamoasiga ishlarning yuqori saviyada tashkil etilgani, tezkorlik va doimiy sifat uchun chuqur minnatdorlik bildirdilar.
|
|
|